Yoshlar tarbiyasi — jamiyatdagi muhim masala!
Yoshlar tarbiyasi — jamiyatdagi muhim masala!

Darhaqiqat, inson hayoti bir necha bosqichlarga bo‘linadi. Bu bosqichlar ichida umrning yoshlik bosqichi alohida ahamiyatga egadir. Yoshlik insonning eng nozik davri hisoblanib, insonning quvvatga to‘lgan va harakatchanligi ziyoda bo‘lgan vaqtidir. Shu bilan birga bu davr insonning hayot yo‘llarining chorrahasida turgan payti hamdir. Agar, o‘sha chorrahada yaxshi yo‘lga kirib olinsa, o‘zi, oilasi, xalqi, vatani uchun juda katta yaxshilik sari yuzlangan bo‘ladi. Agar, Alloh taolo ko‘rsatmasin, mazkur chorrahada yomon yo‘lga burilib ketsa, o‘zi, oilasi, xalqi, vatani uchun ko‘ngilsiz hodisalar sari qadam qo‘ygan bo‘ladi.

Yoshlar har bir millatning kelajagidir. Bu esa yoshlarga jiddiy ahamiyat berilishi lozimligini bildiradi. Har bir shaxsning kim bo‘lishligi yoshlik paytidan bilina boshlaydi. Yoshlik paytida shakllanib qolgan sifatlar insonga butun umri davomida hamroh bo‘ladi. Shuning uchun jamiyatda yoshlarning odobli, aqlli, halol, tarbiyali inson bo‘lishlari uchun harakat qilinadi.

Yoshlarning tarbiyasiga ta'sir etuvchi omillar ijobiy va salbiyga bo‘linadi. Alloh taoloning oxirgi va mukammal dini, qiyomatgacha boqiy qoluvchi, barcha zamonlar va makonlarda insoniyatga ikki dunyo saodati yo‘lini ko‘rsatib beruvchi dini — Islomda yoshlarning tarbiyasiga oid ko‘plab oyat va hadislar vorid bo‘lgan. Mana shu oyat hadislarga og‘ishmasdan, to‘laligicha amal qilinsa, Allohning tavfiqi bilan, o‘sib o‘nayotgan farzandlar chiroyli xulqli, odobli, tarbiyali bo‘lib o‘sadilar va umrlarining oxirigacha shunday yashaydilar. Ulardan barcha mamnun bo‘ladi, insonlarning hurmatiga, muhabbatiga sazovor bo‘lishadi. Islom diyni hech kimni hech qachon yomonlikka chaqirmaydi balki doimo yaxshilik qilishga, go‘zal xulqlar bilan xulqlanishga, halol yashashga chaqiradi. Bu tarbiyaning islomiy ko‘rinishi. Buni ijobiy tarbiya deyiladi.

Endi salbiy tarbiya qanday bo‘ladi, nimadan kelib chiqadi? Salbiy tarbiya bu ijobiy tarbiyaning aksi bo‘lib, uning salbiy ekanligi faqatgina ta'lim orqali bilinadi. Uning kelib chiqishi johillik sababidan, qaysarlik va bo‘yinsunmaslikdan, havoi nafsga berilib ketishdan kelib chiqadi. Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida, yoshlar orasida mashhurlik darajasiga erishgan «Ommaviy madaniyat» deb ataluvchi ofat yoshlarning orasiga chuqur singib ketgan bo‘lsa-da, uning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sirlari mana endi endi muhokama qilinmoqda. «Ommaviy madaniyat»ni yoshlarning yurish turishida, salomlashishida, ayniqsa  kiyinishida yaqqol ko‘zga tashlansa-da, ko‘pchilik bunga oddiy holdek yondoshib, «bu moda, zamonning talabi shunday» deb bahona izlashadi.

Yoshlarning tarbiyasiga ta'sir etuvchi omillardan yana biri internetdan noo‘rin foydalanishdir! Darhaqiqat, internetning imkoniyatlari cheksiz. Agar undan samarali foydalinilsa katta yutuqlarga erishish mumkin. Biroq, bugungi globallashuv davrida yoshlarni turli tahdidlardan asrash, ularda xalqaro tarmoq tomonidan taqdim etilayotgan turli axborot oqimidan haqqoniy ma'lumotlarni saralay bilish, to‘g‘ri va maqsadli foydalanish madaniyatini yuksaltirish, axborot xavfsizligini ta'minlash g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday ekan yoshlarni internet saytlarga kirishida axborotdan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish madaniyatini yuksaltirish zarur.

Muqaddas islom diynimizning bu borada ko‘rsatmalari qanday?

    “Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni va ahlingizni yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan o‘tdan saqlang…”. (Tahrim 6). Oyati karimada Alloh taolo insonnni avvalo o‘zini to‘g‘rilab olmoqligini va shundan so‘ng ahliga ta'lim va odob berishligini bayon qilmoqda. Shunday ekan o‘sib kelayotgan yosh avlodni, ularning ongiga ta'sir qiluvchi har qanday salbiy holatlardan himoya qilish iymonli kishilarning burchi ekan.

Ibn Mas'ud r.a dan rivoyat qilinadi : Nabiy s.a.v dedilar: “Qiyomat kuni odam bolasining qadami to undan besh narsa haqida: umrini nimaga sarflagani, yoshligini nimaga ketkazgani, molini qayerdan kasb qilib olgani va qayerga sarflagani, bilganiga qanday amal qilgani haqida so‘ralmagunicha, Robbi huzuridan uzilmaydi”. Termiziy rivoyat qilgan.

Bas, biz yoshlar oldimizdagi ulkan marralarga yetishimiz uchun bugungi vaqtimizni zoye qilmaslikka, berilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga, vatanimiz, dinimiz uchun xizmat qiladigan fidoiylardan bo‘lishga intilmog‘imiz va doimo harakatda bo‘lishimiz shart!
 

Karmana tumani ”Jaloir” jome masjidi imom-xatibi.          A.Hakimov

O'xshash maqolalar
Васила луғатда “у билан ўзгага яқин бўлинадиган нарса” маъносини англатади. Истилоҳда эса “дуо ижобат бўлиши учун Аллоҳ таолога Унинг ҳузурида қадрли...
Monday, August 15, 2022 5:27 AM
Муҳтарам ватандошлар!Мана шу файзли дамларда Ер юзидаги жами мусулмон уммати қатори қалби шукуҳга тўлиб турган сиз, азизларни – нуроний отахон ва онах...
Friday, July 8, 2022 7:08 PM
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.Ажал ҳам,...
Friday, June 10, 2022 11:50 AM
Биз олдинги мақолаларимизда ваҳҳобий-салафийлар ва бемазҳаб тоифалар манбаларнинг замонавий нашрларини амалга оширар эканлар, айрим ҳолларда хиёнат йў...
Tuesday, February 15, 2022 9:50 PM
Дуо қилиш асносида Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ёки бошқа бир улуғ зотларнинг номларини айтиб, уларнинг ҳурматидан шу дуонинг мустажоб б...
Tuesday, February 15, 2022 4:13 PM
XX – XXI asrlarga kelib turli xil diniy oqimlar soni ko‘payib ketdiki, bizning tinch va osuda diyorimizda ham uning salbiy ta’siri biroz kuchaydi. Bun...
Monday, January 31, 2022 3:58 AM
#TабрикВатан ҳимояси йўлида фидоий бўлайлик! Аллоҳ таоло барчаларимизга беҳисоб неъматлар берган. Мана шу неъматлар ичида энг улуғларидан бири &n...
Thursday, January 13, 2022 10:35 PM
Ушбу мақоламиз учун мазкур мавзуни танлашимиз бежис эмас, албатта. Зеро, жамиятимиз ҳаёти, айниқса инсонлар ўртасида ўзаро ахборот алмашиш, маълумот о...
Monday, November 22, 2021 10:02 AM
Ibratli kitoblar
«Ҳадис ва Ҳаёт»
«Ҳадис ва Ҳаёт»
Файл ҳажми: 0.35 MB
Кўчириб олиш
sahifalar
sahifalar
Файл ҳажми: 0.13 MB
Кўчириб олиш
Фиқҳ
Фиқҳ
Файл ҳажми: 0.14 MB
Кўчириб олиш
Developed By Usoft