SALAFIYLIK NIMA VA ULAR KIMLAR? ULARNING YO‘LI TO‘G‘RIMI?
SALAFIYLIK NIMA VA ULAR KIMLAR? ULARNING YO‘LI TO‘G‘RIMI?

Islom adabiyotida “salaflar” so‘zi yoki dastlabki musulmonlar tushunchasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hijratlaridan keyin 400-yilgacha bo‘lgan davrda vafot etganlarni, shu jumladan Imom Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofe'iy va Imom Ahmad rahimahumullohlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrdan keyin vafot etgan mo‘minlarni xalaflar yoki “keyingi musulmonlar” deb nomlanadi.

“Salafiy” tushunchasini alohida atama va harakat sifatida Muhammad Abdo (Al-Afg‘oniyning shogirdi) tomonidan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 13 asrdan keyin paydo qilingan bo‘lib va mana deyarli 100 yildan beri bu atama mavjuddir. Ularning eng asosiy mavfkuraviy da'vosi bo‘lib, huddi bularga o‘xshash Islomdagi avvalgi firqalar ta'kidlagani singari, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan va dastlabki uch asrdan keyin yashagan musulmonlar Islomni go‘yo noto‘g‘ri tushunganliklari hisoblanadi.

Mazkur harakat “pok” shariatga qaytishga va keyingi davrda paydo bo‘lgan “bid'atlardan” voz kechishga hamda barcha hukmlarning manbasi qilib faqatgina Qur'on va Sunnatni olishga chaqiradi. Bu oliy maqsad shundoq ham hammaga ma'lum va bu bilan xech kim baxslashmaydi. Lekin masala boshqa narsada bo‘lib – qanday ravishda va qaysi usullar bilan bu maqsadga erishishdadir. Ikki og‘iz so‘z bilan bu o‘ziga xos firqanining asl mohiyatini tushuntirib berish mushkul. InshaAlloh, o‘zimizning “Islom islohotchilari” risolamizda buni batafsil tahlil qilib keltiramiz.

Kimlardir ularni yo‘nalishini qo‘llab quvvatlagan holda — salafiylik bu Qur'on va Sunnatni talqin qilishning yana bir usulidir va u ham boshqa usullar singari maqbuldir, deb aytsalar, bu ta'kid quyidagi ba'zi shartlar bilangina to‘g‘ri bo‘lishi mumkin deymiz:

1) Ularning talqini arab tili qoidalaridan kelib chiqib maqbul bo‘lsa;
2) Ko‘rib chiqilayotgan asosiy matnlar (oyat va hadislar) bo‘yicha mukammal ilmlarga ega bo‘lish;
3) Usulul fiqh qoidalarini mukammal darajada bilish.

Mana shu shartlarni o‘zida mujassam etgandagina, e'tiborga molik hukmlarni chiqarish mumkindir va mana shuni ijtihod, ya'ni asl matnlardan hukmlarni chiqarish deb ataladi. Ko‘pchilik odamlar ega bo‘lmagan mazkur bilimlari bo‘lmagani uchun, musulmonlar o‘zlarining turli savollariga javob olish uchun ushbu sohada yetarli huquqga ega bo‘lgan olimlarga murojaat qilishlari lozim. Bular esa, salafi solihlar davridan beri to‘rt mujtahid imomlar hisoblanadilar.

Mujtahidlarning ilmlariga ega bo‘lmagan zamonamizdagi olimlarga kelsak, ularni nima uchun mujtahid deb hisoblanishlari kerak ekanligi tushunarsizdir. Qaysidir firqachi odam to‘g‘risida “Bugungi kunda Sunnatni buyuk bilimdoni” deyishganda, bu huddi bolalar bog‘chasida kimdir haqida – u shu bog‘chaning buyuk fizik olimidir deganga o‘xshaydi. Islom ilmlariga ega bo‘lish, osonlikcha tan olinishi mumkin emas.

“Faqatina Qur'on va Sunnatga ergashish kerak” degan ularning chaqirig‘i nazariyotdagina yaxshidir, amaliy hayotda esa, musulmonlarning kundalik muammolariga taalluqli minglab savollarga duch kelinadi. Oxir oqibat, har bir odam uchun, “haqiqiy mujtahid olimga ergashish kerakmi yoki navbatdagi bir firqaning “etakchisining” ijtihodigami?” degan savol ko‘ndalang bo‘ladi. Axir, hozirda mujtaxidlikni da'vo qilayotgan firqalar yetakchilari o‘zlariga berilayotgan savollarga javoblari, din masalalarini yaxshi bilmaydiganlar orasida ko‘p uchragani kabi, o‘zining nufuzini ma'qullashdan iborat bo‘ladi xolos.

Bugungi kunda “salafiy” degan so‘zni eshitganda, birinchi navbatda hayolingizga din haqida baxslashadigan yosh yigitlargina keladi. Bu yosh “islohotchilar”ning yagona umidlari, ularning fikrlari bilan kelishmagan odamlar bilan baxslashish va urishish Islomni “poklash”ga yordam beradi deb o‘ylashlaridir. Mening nazarimda, aynan ta'lim ko‘plab muammolarni yechishda eng muhim o‘rin tutadi.

Shuningdek, mujtahid imomlar ko‘pchilik masalalarda o‘zaro mushtarak bo‘lganlarini ta'kidlab o‘tish joiz. Ular ixtilof qilgan masalalarda esa, ularning har birida kuchli dalillar bo‘lgan, chunki arab tili muayyan so‘zlarni turli ravishda anglashga imkon tug‘diradi yoki mazhabning usulidan kelib chiqib Qur'on va Sunnatni talqin qilishda turlicha tushunish mumkin.

Ingliz tilida (huddi shunday o‘zbek tilida ham – tarj.) fundamental hisoblangan kitoblarning yetarli emasligi tufayli, ayrim o‘rinlarda asoslar kamdek tuyulishi mumkin. Misol uchun yaqinda ingliz tiliga tarjima qilingan Shayx Sobiq rahimahullohning “Fiqh as-Sunna” kitobida, shofe'iy mazhabiga 95 foiz mos keladigan hadislar va ularning sharhlari keltirilgan. Bu judayam salmoqli ish bo‘lib, lekin ushbu masalalarni tushunishda bu yakuniy xulosa emas va har bir mazhabning hadislar bo‘yicha judayam ko‘p kitoblari bor va Shayx Sobiq rahimahullohning kitobiga qarab, bunday to‘plamlar faqat shofe'iylarda bor ekan deb o‘ylash kerak emas.

Shunga o‘xshash, molikiy mazhabida Imom Molik rahimahullohning “Mudavvana” kitoblari, hanafiy mazhabida esa “Sharh ma'ani al-asar” yoki “Sharh mushkil al-asar” kitoblaridir va bu ikkisi, buyuk imom bo‘lmish Abu Ja'far at-Tahoviy rahimahulloh tomonidan yozilgan bo‘lib, u zotni oxirgi ko‘rsatilgan kitoblari Beyrutda 16 jildda nashr etilgan. Mazkur kitoblarni o‘qib chiqmaganlar yoki ularda keltirilgan narsalarni bilmaydiganlar, hanafiy mazhabining dalillariga nisbatan johil hisoblanadilar.

Men faqat shuni aytmoqchimanki, ba'zi bir odamlar: “Islomni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, dastlabki asrdagi salafi solihlar va mening shayximdan boshqa xech kim to‘g‘ri anglay olmaydi”, degan uydirma muammolar bilan musulmonlarni boshini aylantirishmoqda. Bunday qilish joiz emasdir, chunki aqiyda, hadis, tafsir, fiqh v boshqa shariat fanlari bo‘yicha buyuk ulamolarning haddan ziyod ko‘p kitoblari bor bo‘lib, musulmonlar ushbu kitoblarga e'tibor berishlarii va ularni o‘rganishlari kerak. Negaki, ma'lum bir fanni o‘rganmoqchi bo‘lgan har qanday odamga, ushbu fan bo‘yicha avvalgi asosiy ulamolarning kitoblari bilan tanishishi va ularning davrida ushbu masalalar qanday usulda yechilganligiga nazar solishi lozim bo‘ladi. Bunday usulni qo‘llamaydigan bo‘lsak, avval batafsil javobi berib qo‘yilgan masalalarni qayta-qayta yangitdan ko‘rib chiqishga qaytaverishga majbur bo‘lamiz.

Hammamizga yaxshi ma'lum, ummatda shunday odamlar borki, o‘z mazhabining asoschisi, qanaqangidir “shayxul islom” yoki zamonamizdagi bir olimdan boshqa ulamolarni tan olishlari judayam qiyin bo‘ladi. Bunday turdagi g‘ayrat bizga tushunarli va qaysidir ma'noda, olim bo‘lmagan odamlar uchun joiz bo‘lishi mumkin. Biroq buni chegaradan chiqib ketib mutaassiblikka olib borishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, ya'ni boshqa haqiqiy mazhabga ergashganligi uchun musulmonga nisbatan adovat qilmaslik kerak. Bunday qilish haromdir, chunki bu ish firqabozlikka va musulmonlarni bo‘linishiga olib boradi.

Qachonki, inson haqiqiy islomiy ilmlarni anglashni boshlasa va tasavvuridagi ko‘plab uydirmalarni tark etsa, zamonamizdagi ba'zi olimlarga nisbatan ishlatilayotgan “buyuk olim” degan tushunchani aslida ularga nisbatan ishlatish noto‘g‘ri ekanligini tushunadi. Shuningdek, ushbu “buyuk olimlarga” ergashishni ko‘zlab, o‘tmishdagi haqiqatdan ham buyuk bo‘lgan olimlarning meroslaridan yuz o‘girish aqlsizlik bo‘ladi.

Buni qanday shior ostida amalga oshirilishidan qat'iy nazar, u “Islom harakati”, “Salafiylik” yoki boshqa shunga o‘xshash nomlar bilan bo‘ladimi — Islomiy merosga bo‘lgan bunday bepisand munosabatni hech narsa oqlay olmaydi. Bunday johilona tasavvurlardan qancha tez qutulsak, dinimiz va islomiy fanlarimizga shuncha yaxshi bo‘ladi.

Manbalar asosida: 

Karmana tumani ”Jaloyir” jome masjidi imom-xatibi         A.Hakimov

O'xshash maqolalar
(У зот) ҳеч бир ихтилофсиз барча пайғамбарларнинг имомидирлар ва барча (ёмон сифатлардан) холи бандаларнинг нуқсонсиз тожидирлар.Ўший раҳматуллоҳи ала...
Wednesday, September 27, 2023 11:24 AM
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Мен сизлар учун фақирликдан қўрқмайман, лекин такосур (яъни мо...
Friday, December 16, 2022 9:17 AM
Замонамиз бемазҳабларининг “муҳаддис”и саналадиган Носир Албоний таниқли олим Шамсиддин аз-Заҳабий раҳимаҳуллоҳнинг “Китоб ал-Улвв” асарини қисқартири...
Friday, September 23, 2022 9:53 AM
Бу илмнинг мақсади диний ақидаларни қатъий далиллар ила исботлаш ва ундаги шубҳаларни рад қилишдир. Эътиқод қилиши лозим бўлган ишларда мусулмонни тақ...
Wednesday, August 17, 2022 7:31 AM
Bugun Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan, bundan taqriban 28 yil oldin marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalami...
Monday, August 15, 2022 5:53 AM
Hozirgi kunda muqaddas islom nomidan har xil oqimlarning o‘zlarini jozibador ismlar bilan nomlab olib, go‘yoki to‘g‘ri yo‘lni da'vo qilib, g‘araz maqs...
Sunday, August 14, 2022 3:40 AM
Ma’lumki, Alloh taolo bandalarining hidoyati uchun insonlarning ichidan payg‘ambarlarni tanlab oldi. Ular orqali o‘zining hukumlarini odamlarga yetkaz...
Friday, July 29, 2022 6:12 AM
Qurbonlikning ta’rifiQurbonlik Alloh Taologa yaqinlik hosil kilish uchun so‘yiladigan jonliqdir. Qurbonlik bir nechta xil bo‘ladi: Qurbon xayiti kuila...
Friday, July 8, 2022 6:33 AM
Ibratli kitoblar
«Ҳадис ва Ҳаёт»
«Ҳадис ва Ҳаёт»
Файл ҳажми: 0.35 MB
Кўчириб олиш
sahifalar
sahifalar
Файл ҳажми: 0.13 MB
Кўчириб олиш
Фиқҳ
Фиқҳ
Файл ҳажми: 0.14 MB
Кўчириб олиш
Developed By Usoft