Soxta salafiylikning aqidaviy, huquqiy va falsafiy asoslari
Soxta salafiylikning aqidaviy, huquqiy va falsafiy asoslari

Hozirgi kunda muqaddas islom nomidan har xil oqimlarning o‘zlarini jozibador ismlar bilan nomlab olib, go‘yoki to‘g‘ri yo‘lni da'vo qilib, g‘araz maqsadlari yo‘lida ushbu niqobdan foydalanish holatlari ko‘plab kuzatilmoqda. Ana shunday oqimlardan biri “Soxta salafiylar”dir.

      Bu oqimga mansub bo‘lganlar islomdagi ahkom va fatvolarni har bir zamon taqozosiga qarab emas, hijriy sananing dastlabki uch asriga muvofiq ravishda hayotga tatbiq etishni targ‘ib qiluvchi oqimdir. Bu oqim arab va islom mamlakatlarida ko‘proq tarqalgan bo‘lib, O‘rta Osiyoga ham kirib kelmoqda. Bu oqim tarafdorlari islom dinining har bir zamon va har bir makonga moslasha olishini tan olmaydilar. O‘n to‘rt asrdan beri islomning yetuk allomalari, faqihu mujtahidlari qabul qilgan fatvolarga amal qilishga qarshi chiqadilar.

       Islomda “salaf” (arabcha – “ajdodlar”, “avval yashab o‘tganlar”) deganda, hadislarga ko‘ra, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida hamda undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar tushuniladi. Shunga ko‘ra, islom ulamolari sahobiy, tobein va tab'a tobeinlarni “salafi solih”, ya'ni “solih ajdodlar” deb hisoblashda yakdildirlar. Ulardan keyingi davrlarda yashagan musulmonlarga nisbatan “salaf” yoki “salafiy”lar tushunchalarini ishlatish mumkin emas.

So‘nggi yillarda “salafi solihlarga ergashish” shiorini niqob qilib olgan, musulmon jamiyatlarini ilk islom davri holatiga qaytarishni targ‘ib qiluvchi mutaassib, soxta salafiylar paydo bo‘lganini alohida qayd etish lozim.

        Soxta salafiylikning aqidaviy, huquqiy va falsafiy asoslari suriyalik Ibn Taymiya (1263-1328 y.) faoliyati bilan bog‘liq. Umri davomida o‘zining agressiv qarashlari tufayli to‘rt marta (1307, 1309,1322 va 1326 yillarda) qamoq jazosiga tortilgan va 1328 yilda qamoqxonada vafot etgan bu shaxs harakatning nazariy asoslarini belgilab berganini barcha mutaxassislar e'tirof etadilar.

     Ibn Taymiya go‘yoki, asrlar davomida islomga turli bid'atlar kirib qolganini iddao qilib, jamiyat va musulmonlarning kundalik turmush tarzi uning talqinidagi Qur'on va sunnatga asoslangan holda qat'iy tartibga solinishi zarurligi haqidagi g‘oyani ilgari suradi. Ularning bu xatokor qarashlariga ahli sunna val jamoa ulamolari munosib raddiyalar bildirganlar.

       Ibn Taymiyaning Payg‘ambar alayhissalom, sahobiy va avliyolarning qabrini ziyorat qilish hamda tavhid, Allohning makoni, takfir va boshqa aqidaviy masalalarda ash'ariylik va moturidiylikka zid fikrlari o‘sha davr musulmon ulamolarining keskin noroziligiga uchrab, ko‘plab raddiyalar bitildi, keskin kurash olib borildi. Shunday bo‘lsa-da, bunday g‘oyalar keyinchalik turli mutaassib guruh va harakatlar yetakchilari mafkurasiga asos bo‘lib xizmat qildi.

Jumladan, ular quyidagi e'tiqoddagi g‘oyalarni ilgari suradilar:

- har qanday yangilikni inkor etish,

- tasavvufni aslo tan olmaslik,

- tavassul (vosita orqali Allohga murojaat qilish)ni kufr, deb hisoblash,

- o‘zlariga ergashmaganlarni “kofir” deb e'lon qiladilar.

         Ularning faoliyati natijasida “Payg‘ambarimiz shafoatidan hech qanday foyda yo‘q”, degan g‘oyalar tarqalib, salovotlar bayon qilingan kitoblar yoqib yuborildi, muqaddas ziyoratgohlar vayron qilindi.

          Ularning adashgan yo‘lda ekanliklarini bilish har bir aqlli insonga qiyin emas. Biz esa aynan mavzumizga doir jihatiga to‘xtalamiz.

        Xo‘sh ular o‘zlariga ergashmaganlarni kofir deyaptilarmi? Unda kim musulmon. Ularga kim huquq berdi, chin musulmonlarni kofir deyishga. Ular kofir deyayotgan insonlar, Robbim Alloh, dinim islom deyayotgan bo‘lsa, ularga kufr nisbatini berish mutlaqo mumkin emas.

           Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kim bir insonni kofir deb chaqirsa yoki Allohning dushmani desa, aytganidek bo‘lmasa, aytgan so‘zlari o‘ziga qaytadi”.

         Soxta salafiylar esa, hech qanday shar'iy sababsiz, bir-ikki kishi emas bir necha kishilarni kofirga chiqarmoqdalar. Vaholanki, besabab emas,balki gunoh qilgan kishining gunohi uchun ham kofirga chiqarilmaydi.Mashhur vatandoshimiz Najmuddin Umar Nasafiy hazratlari mazkur masala to‘g‘risida quyidagilarni aytadilar:

“Katta gunohlar mo‘min bandani iymondan ham chiqarmaydi, kufrga ham kirgizmaydi. Alloh taolo O‘ziga shirk keltirishni kechirmaydi. Undan boshqa katta va kichik gunohlarni esa xohlagan kimsadan kechiradi. Kichik gunohga jazo berishi ham, agar halol hisoblashdan bo‘lmasa, katta gunohni avf qilishi ham mumkin. Halol sanash kufrdir. Payg‘ambarlar va solih bandalarning katta gunoh ahllari to‘g‘risidagi shafoatlari ko‘plab xabarlar bilan sobitdir. Gunohi kabira sodir etgan mo‘minlar do‘zaxda abadiy qoldirilmaydi”.

Ularning yana bir qarashlari:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hamda sahobalar va aziz avliyolarning qabrlarini ziyorat qilishni kufr deb hisoblaydilar.

Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ummatga nasihatlarida quyidagilarni aytganlar:

Hazrati Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi; Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Albatta, barcha amallar niyatga qarab e'tibor qilinadi. Har bir kishi o‘z niyatiga yetgusidir,....Bas, nimani niyat qilsa, o‘shani e'tiborga olinadi”.

Niyat qilish lug‘atda “qasd qilish va iroda” ma'nolarini anglatadi.

Demak, qabr ziyorat qilayotganlarning niyatiga e'tibor qilinadi. Agar ziyoratchining niyati o‘tganlarni xotirlash, ularga savob yo‘llash qolaversa, o‘limni eslash, undan ibratlanish bo‘lsa, bu juda savobli ish bo‘ladi.

 

Karmana tumani “Jaloir” jome masjidi imom-xatibi                                        A.Hakimov

O'xshash maqolalar
(У зот) ҳеч бир ихтилофсиз барча пайғамбарларнинг имомидирлар ва барча (ёмон сифатлардан) холи бандаларнинг нуқсонсиз тожидирлар.Ўший раҳматуллоҳи ала...
Wednesday, September 27, 2023 11:24 AM
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Мен сизлар учун фақирликдан қўрқмайман, лекин такосур (яъни мо...
Friday, December 16, 2022 9:17 AM
Замонамиз бемазҳабларининг “муҳаддис”и саналадиган Носир Албоний таниқли олим Шамсиддин аз-Заҳабий раҳимаҳуллоҳнинг “Китоб ал-Улвв” асарини қисқартири...
Friday, September 23, 2022 9:53 AM
Бу илмнинг мақсади диний ақидаларни қатъий далиллар ила исботлаш ва ундаги шубҳаларни рад қилишдир. Эътиқод қилиши лозим бўлган ишларда мусулмонни тақ...
Wednesday, August 17, 2022 7:31 AM
Bugun Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan, bundan taqriban 28 yil oldin marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalami...
Monday, August 15, 2022 5:53 AM
Ma’lumki, Alloh taolo bandalarining hidoyati uchun insonlarning ichidan payg‘ambarlarni tanlab oldi. Ular orqali o‘zining hukumlarini odamlarga yetkaz...
Friday, July 29, 2022 6:12 AM
Qurbonlikning ta’rifiQurbonlik Alloh Taologa yaqinlik hosil kilish uchun so‘yiladigan jonliqdir. Qurbonlik bir nechta xil bo‘ladi: Qurbon xayiti kuila...
Friday, July 8, 2022 6:33 AM
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.Аллоҳ таол...
Friday, June 10, 2022 11:54 AM
Ibratli kitoblar
«Ҳадис ва Ҳаёт»
«Ҳадис ва Ҳаёт»
Файл ҳажми: 0.35 MB
Кўчириб олиш
sahifalar
sahifalar
Файл ҳажми: 0.13 MB
Кўчириб олиш
Фиқҳ
Фиқҳ
Файл ҳажми: 0.14 MB
Кўчириб олиш
Developed By Usoft