Go’’zal xulqli bo'lish mo'minlik alomatidir.
Go’’zal xulqli bo'lish mo'minlik alomatidir.

Go’’zal xulqli bo'lish mo'minlik alomatidir.

Alloh subhanahu va taolo o’zining Haq kalomi Qur’onikarimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni vasflab:

«Va, albatta, sen ulkan xulqdasan», degan (Qalam surasi,4-oyat).

Bu oyati karima Payg'ambar alayhissalom uchun katta vaoliy bahodir. Alloh u zotga xitob qilib, u kishining xulqlariniulug'lik bilan sifatlamoqda. Oisha onamizdan u kishiningxulqlari haqida so'rashganida «Xulqlari Qur'on edi», debjavob berganlar. Ya'ni, Muhammad alayhissalom Qur'ondagioliy xulqlar bilan xulqlanganlar. U zot sollallohu alayhivasallam

Qur'ondagi barcha yaxshi odob-axloqni o'zlarigasingdirganlar.

Payg'ambarimizning o'zlari: «Men yaxshi xulqlarnibatamom qilish uchun yuborilganman», deganlar.

Boshqa bir hadislarida esa: «Kishi yaxshi xulqi bilankunduzni ro'za tutib, kechasini namoz o'qib o'tkazadiganlardarajasiga yetadi», deganlar. Alloh taolo yana:

«Kechirimli bo'l, yaxshilikka buyur va johillardan yuzo'gir», degan (A'rof, 199).

Ya'ni, o'zaro muomala-munosabatda kechirimli bo'l, osonyo'lni tut. Odamlarga nisbatan o'ta talabchan bo'lma. qilganxatolarini avf etuvchi, keng bag'irli bo'l.

Haqiqatda ham Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallambu sifatni muborak shaxslarida mujassam qilgan edilar. Ul zothaqidagi rivoyatlarda kishini hayron qoldirarli darajadagiholatlar zikr etilgan. Ul zotning sahobai kiromlari, haqiqiymo'min-musulmonlar ham doimo oyati karimadata'kidlanganidek bo'lishga, ana shu qoida asosida yashashgaastoydil harakat qilganlar.

«Yaxshilikka buyur». Payg'ambarimiz sollallohu alayhivasallamning da'vatlari yaxshilikka buyuradigan da'vatdir.Islom dinida yaxshilikka buyurish har bir musulmon er vamuslima ayolga farz qilingandir.

«Johillardan yuz o'gir». Johillik nodonliq ilmsizlikdir.Islom musulmonlarni nodonlik va nodonlardan, ilmsizlik vailmsizlardan yuz o'girishga, har qachon donolik va donolarga,ilmu ulamolarga yuz tutishga da'vat qiladi.

Alloh taolo yana:

«Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo'lmas. Senyaxshilik bo'lgan narsa ila daf qil. Ko'ribsan-ki, sen bilanorasida adovati bor kimsa, xuddi sodiq do'stdek bo'lur.Unga faqat sabr qilganlargina erishur. Unga faqat ulug'nasiba egasi bo'lganlargina erishur», degan (Fussilat, 34 -35).

Allohning yo'liga da'vat etuvchi olim so'zining qadriniyaxshi bilishi, so'zni his etishi kerak. Chunki, «Yaxshilikbilan yomonlik barobar bo'lmas».

Alloh taoloning yo'liga da'vat qiluvchi olimning ishi yaxshiish, so'zi yaxshi so'z, uning ishi boshqalarning ishidan ustun,uning so'zi boshqalarning so'zidan ustun. Shuning uchunham, «Sen yaxshilik bo'lgan narsa ila daf qil».

Har qancha yomon gap eshitib, har qancha yomonmuomala ko'rsang ham, faqat yaxshi narsa ila qaytar. Hechqachon yomonlik qilma. Ana o'shanda:

«Ko'ribsanki, sen bilan orasida adovati bor kimsa, xuddisodiq do'stdek bo'lur».

Bu Islom ulamolari uchun juda ham zarur bir sifatdir. Harbir narsani yomonlik bilan emas, faqat yaxshilik bilan qarshiolish darajasiga yetgan kishigina katta muvaffaqiyatlargaerishadi. Ammo bu sifatga erishish oson emas.

«Unga faqat sabr qilganlargina erishur. Unga faqat ulug'nasiba egasi bo'lganlargina erishur».

Har qanday yomon so'zni yaxshi so'z bilan qaytarish, harqanday yomon ishni yaxshi ish bilan qaytarish sifatiga

«...faqat sabr qilganlargina erishur».

Sabr qilmasa, darhol yomon so'zga yomon so'z qaytaradi.Yomon ishga yomon ish qaytaradi. Bu esa, kishiga hech birfoyda bermaydi. Allohning yo'liga, Allohning dinigakishilarni o'rgatish oson ish emas. Allohning dini bo'yichata'lim beruvchi shaxs ba'zi kishilarning havoi nafslariga,o'rganib qolgan odatlariga, ularning shaxsiy manfaat debo'ylab yurgan ba'zi bir narsalariga qarshi gapirishi mumkin.

Shuningdek, olim odam kishilarni o'zlari bilmagan e'tiqod,ibodat va amallarni bajarishga o'rgatishi kerak. Shuninguchun ham olim odam atrofdan turli-tuman malomat, ig'vo,bo'hton, yolg'on gaplar, so'kishlar, ozorlar eshitadi. Turlinohaq tasarruflar va zulmlar ko'radi. Olim shularninghammasiga sabr qilishi kerak. Ana shundagina yuqoridaaytilgan darajaga erishadi.

«Unga faqat ulug' nasiba egasi bo'lganlargina erishur».

Nasibasi ulug' bo'lmaganlar erisha olmaydi. Demak, diniyolim bo'la olmaydi.

Demak, olim mashaqqatli yo'lda turli holatlarga uchrashimumkin. Bunda Allohdan yordam so'rashi kerak.

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiysollallohu alayhi vasallam:

«Qiyomat kuni mo'minning mezonida husni xulqdan ko'raog'irroq narsa bo'lmas. Albatta, Alloh fahsh va chirkin so'zaytuvchini yomon ko'rur», dedilar».

Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan. Oisharoziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohualayhi vasallamning «Albatta, mo'min o'zining husni xulqi ilaro'za tutuvchi va bedor bo'luvchining darajasini topadir»,deganlarini eshitdim».

Sharh: Kunduzlarni ro'za tutib, kechalarni tik turib namozo'qigan holida bedor o'tkazadigan odam qanchalar oliydarajalarga erishishini hammamiz yaxshi bilamiz.

Farzu vojib amallardan keyin qilinadigan eng yaxshiamallar ana shundoq bo'ladi. Xuddi shuningdek, o'ziga farzuvojib bo'lgan amallarni bajarib turib, yana nafl amallar bilanortiqcha savob topaman degan odam husni xulq bilan hamyuqori darajalarga erishmog'i mumkin ekan.

Umuman, husni xulq bunga o'xshash ulkan savoblar bilanbirga, ko'pgina yaxshiliklarga ham erishtirishi turgan gap.Husni xulqli odamni hamma yaxshi ko'radi va hurmat qiladi.Undan hamma mamnun bo'ladi. Husni xulqli kishi o'ziyashab turgan jamiyatning ko'rki bo'ladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan odamlarniko'proq jannatga kiritadigan narsa haqida so'raldi. Bas, u zot:

«Allohga taqvo qilish va husni xulq», dedilar.

U zotdan yana odamlarni ko'proq do'zaxga kiritadigannarsa haqida so'raldi. Bas, u zot: «Og'iz va farj», dedilar».

Sharh: Allohga taqvo qilish nima ekanligini va u bilanbanda qandoq oliy darajalarga yetishishini hammamiz yaxshibilamiz. Banda o'zining husni xulqi bilan ham xuddi Allohgataqvo qilish bilan erishgani kabi oliy darajalarga erishishimumkin ekan. Allohga taqvo qilishga husni xulq hamqo'shilsa, qanchalar ulug' ish bo'lar edi.Zotan, bu ikki narsabir-biri bilan chambarchas bog'langandir.

Banda o'zining og'zidan chiqqan bir og'iz so'z orqali ulkansaodatga erishgani kabi katta badbaxtlikka yo'liqishi hammumkin. Shuning uchun og'izga ehtiyot bo'lish kerak.Shuningdek, banda farjini haromdan tiymasa, do'zaxi bo'lishiturgan gap. Bu borada ham o'ta hushyor bo'lmoq zarur.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning yaxshingizhusni xulqligingizdir», dedilar». Termiziy, Muslim vaBuxoriy rivoyat qilishgan.

Buxoriyning lafzida «Albatta, sizning eng yaxshingiz husnixulqligingizdir», deyilgan.Sharh: Mo'min-musulmon odameng yaxshi odam ekanligi hammaga ma'lum. Ana o'sha engyaxshilar ichida eng yaxshisi esa, shubhasiz, husnixulkdilaridir. Shuning uchun eng yaxshi musulmon bo'layindegan kishi taqvo bilan birga, husni xulkdi bo'lishga harakatqilishi lozim.

 

Mir Arab Oliy madrasasi 4-kurs talabasi Rahmonberdiyev Abdug'affor.

O'xshash maqolalar
(У зот) ҳеч бир ихтилофсиз барча пайғамбарларнинг имомидирлар ва барча (ёмон сифатлардан) холи бандаларнинг нуқсонсиз тожидирлар.Ўший раҳматуллоҳи ала...
Wednesday, September 27, 2023 11:24 AM
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Мен сизлар учун фақирликдан қўрқмайман, лекин такосур (яъни мо...
Friday, December 16, 2022 9:17 AM
Замонамиз бемазҳабларининг “муҳаддис”и саналадиган Носир Албоний таниқли олим Шамсиддин аз-Заҳабий раҳимаҳуллоҳнинг “Китоб ал-Улвв” асарини қисқартири...
Friday, September 23, 2022 9:53 AM
Бу илмнинг мақсади диний ақидаларни қатъий далиллар ила исботлаш ва ундаги шубҳаларни рад қилишдир. Эътиқод қилиши лозим бўлган ишларда мусулмонни тақ...
Wednesday, August 17, 2022 7:31 AM
Bugun Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan, bundan taqriban 28 yil oldin marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalami...
Monday, August 15, 2022 5:53 AM
Hozirgi kunda muqaddas islom nomidan har xil oqimlarning o‘zlarini jozibador ismlar bilan nomlab olib, go‘yoki to‘g‘ri yo‘lni da'vo qilib, g‘araz maqs...
Sunday, August 14, 2022 3:40 AM
Ma’lumki, Alloh taolo bandalarining hidoyati uchun insonlarning ichidan payg‘ambarlarni tanlab oldi. Ular orqali o‘zining hukumlarini odamlarga yetkaz...
Friday, July 29, 2022 6:12 AM
Qurbonlikning ta’rifiQurbonlik Alloh Taologa yaqinlik hosil kilish uchun so‘yiladigan jonliqdir. Qurbonlik bir nechta xil bo‘ladi: Qurbon xayiti kuila...
Friday, July 8, 2022 6:33 AM
Ibratli kitoblar
«Ҳадис ва Ҳаёт»
«Ҳадис ва Ҳаёт»
Файл ҳажми: 0.35 MB
Кўчириб олиш
sahifalar
sahifalar
Файл ҳажми: 0.13 MB
Кўчириб олиш
Фиқҳ
Фиқҳ
Файл ҳажми: 0.14 MB
Кўчириб олиш
Developed By Usoft