Shukr va sabrning fazilati
Shukr va sabrning fazilati

Alloh taolo insonni mukarram qilib yaratib, unga son-sanoqsiz ne'matlar va tuganmas yaxshiliklarni ato qildi. Bu ne'mat va yaxshiliklari bilan insonni boshqa yaratilganlardan afzal qildi. Agar bandalar shukr qilsalar, ularga ne'matlarini ziyoda qilishini va'da qildi va itoat qilsalar bu ne'matlar davomiyligi va boqiyligining kafolatini berdi. Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qildi:

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا كُلُوا مِنْ طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ وَاشْكُرُوا لِلَّهِ إِنْ كُنْتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ

ya'ni: “Ey, imon keltirganlar! Allohgagina ibodat qiluvchi bo‘lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yeb, Unga shukr qilingiz!” (Baqara surasi, 172-oyat).

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shukr haqida shunday deganlar:

"مَنْ لَمْ يَشْكُرِ الْقَلِيلَ، لَمْ يَشْكُرِ الْكَثِيرَ، وَمَنْ لَمْ يَشْكُرِ النَّاسَ لَمْ يَشْكُرِ اللَّهَ، التَّحَدُّثُ بِنِعْمَةِ اللَّهِ شُكْرٌ، وَتَرْكُهَا كُفْرٌ، وَالْجَمَاعَةُ رَحْمَةٌ، وَالْفُرْقَةُ عَذَابٌ"

(رواه الإمام البخاري والإمام مسلم عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ).

ya'ni: “Kim oziga shukr qilmasa, ko‘piga ham shukr qilmaydi. Kim insonlarga tashakkur aytmasa, ulardan minnatdor bo‘lmasa, Alloh taologa ham shukr qilmaydi. Ne'matlar haqida gapirish  shukrdir. Uni gapirmaslik esa noshukurlikdir. Jamoat bilan yurish  rahmatdir.  Yolg‘izlik esa – azobdir”– dedilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). 

Shukrning fazilatlaridan yana biri shuki, inson shukr qilsa, rizqi yana ziyodalashadi. Bu haqda hazrati Ali raziyallohu anhu shunday deganlar:

"إِنَّ النِّعْمَةَ مَوْصُولَةٌ بِالشُّكْرِ، وَالشُّكْرُ مُتَعَلِّقٌ بِالْمَزِيدِ، وَلَنْ يَنْقَطِعَ الْمَزِيدُ مِنَ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ حَتَّى يَنْقَطِعَ الشُّكْرُ مِنَ الْعَبْدِ"

 (رواه الإمام البيهقي)  .

ya'ni: “Ne'mat shukrga, shukr esa ziyodalikka bog‘langandir. Modomiki banda shukr qilishda davom etar ekan, Alloh taolo ham ziyoda qilishda bardavom bo‘ladi” (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam barcha go‘zal amallarni o‘zlarida mujassam etgan zot edilar. Shukr qilishda ham U Zotga yetadigan biror bir kishi topilmasligiga shubha yo‘q. Sababi, Alloh taologa duolari ijobat bo‘ladigan kishi bo‘la turib, Alloh taolodan ko‘p mol-dunyo berishini so‘ramagan edilar. Balki, Alloh bergan rizqqa qanoat qilib yashaganlar. Ochlikdan qorinlariga tosh bog‘lab yurganlarini bilamiz. Payg‘ambarimiz alayhissalom shunday holatda shukr qilgan bo‘lsalar, hozirgi to‘kinlik-farovonlik davrida biz faqat shukrimizni ziyoda qilishga e'tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi.

Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh shunday deganlar: “Har bir inson o‘z holiga, hayotiga, qismatiga, taqdiriga rozi bo‘lishni, shukr qilishni o‘rganishi kerak. Chunki, bu hayotni unga Alloh subhonahu va taolo ravo ko‘rdi va shunday bo‘lishini iroda qildi. Shuning o‘zi – katta marhamat, shuning o‘zi – katta bir ne'mat! Shukr qilsak, Alloh bundan ham ziyoda qiladi. Ammo noshukurlik qiladigan bo‘lsak, boshqa hayotlarga havas qiladigan bo‘lsak, o‘zimizdagi boridan ham mahrum bo‘lib qolishimiz mumkin”.

Said ibn Jubayr raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u kishi shunday deganlar:

"إِنَّ أَحَبَّ عِبَادِ اللَّهِ إِلَى اللَّهِ الشَّكُورُ الصَّابِرُ الَّذِي إِذَا ابْتُلِيَ صَبَرَ وَإِذَا أُعْطِيَ شَكَرَ"

(رواه الإمام الطبري والإمام أحمد)

ya'ni: “Bandalarni Alloh taologa eng yaxshisi – musibat kelganda, sabr qilguvchi va ne'mat berilganda, shukr qilguvchisidir” (Imom Tabariy va Imom Ahmad rivoyatlari).

Sa'diy Sheroziy “Guliston” asarlarida quyidagi hikoyani keltirganlar: Uzoq yo‘l bosib kelayotgan musofir kishi o‘zining oyoq kiyimi eskirib ketganidan nolib, o‘z-o‘ziga “shunaqa ham nochor odam bo‘lamanmi?” deya holining xarobligidan afsuslandi. Shu noliganicha shahar darvozasiga yaqinlashar ekan, darvoza tagida insonlardan biror narsa berishlarini tilanib o‘tirgan tilanchiga ko‘zi tushdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, tilanchining ikki oyog‘i ham yo‘q edi. Bu holni ko‘rgan musofir: “Men-ku, poyabzalim yo‘qligi uchun noshukurlik qilibman, oyoqlarim yo‘q bo‘lsa, nima qila olardim, mendan ham nochorroq odamlar bor ekan-da!”,  deb shukronalik yo‘lini tutdi.

Demak, biror narsaga yetisha olmagan odam, avvalo, o‘zidagi mavjud narsalarga nazar solish va boriga shukr qilish lozim.

O'xshash maqolalar
Васила луғатда “у билан ўзгага яқин бўлинадиган нарса” маъносини англатади. Истилоҳда эса “дуо ижобат бўлиши учун Аллоҳ таолога Унинг ҳузурида қадрли...
Monday, August 15, 2022 5:27 AM
Муҳтарам ватандошлар!Мана шу файзли дамларда Ер юзидаги жами мусулмон уммати қатори қалби шукуҳга тўлиб турган сиз, азизларни – нуроний отахон ва онах...
Friday, July 8, 2022 7:08 PM
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.Ажал ҳам,...
Friday, June 10, 2022 11:50 AM
Биз олдинги мақолаларимизда ваҳҳобий-салафийлар ва бемазҳаб тоифалар манбаларнинг замонавий нашрларини амалга оширар эканлар, айрим ҳолларда хиёнат йў...
Tuesday, February 15, 2022 9:50 PM
Дуо қилиш асносида Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ёки бошқа бир улуғ зотларнинг номларини айтиб, уларнинг ҳурматидан шу дуонинг мустажоб б...
Tuesday, February 15, 2022 4:13 PM
Darhaqiqat, inson hayoti bir necha bosqichlarga bo‘linadi. Bu bosqichlar ichida umrning yoshlik bosqichi alohida ahamiyatga egadir. Yoshlik insonning...
Monday, January 31, 2022 4:15 AM
XX – XXI asrlarga kelib turli xil diniy oqimlar soni ko‘payib ketdiki, bizning tinch va osuda diyorimizda ham uning salbiy ta’siri biroz kuchaydi. Bun...
Monday, January 31, 2022 3:58 AM
#TабрикВатан ҳимояси йўлида фидоий бўлайлик! Аллоҳ таоло барчаларимизга беҳисоб неъматлар берган. Мана шу неъматлар ичида энг улуғларидан бири &n...
Thursday, January 13, 2022 10:35 PM
Ibratli kitoblar
«Ҳадис ва Ҳаёт»
«Ҳадис ва Ҳаёт»
Файл ҳажми: 0.35 MB
Кўчириб олиш
sahifalar
sahifalar
Файл ҳажми: 0.13 MB
Кўчириб олиш
Фиқҳ
Фиқҳ
Файл ҳажми: 0.14 MB
Кўчириб олиш
Developed By Usoft