Noqonuniy missionerlik –  tinchlik va barqarorlikka tahdid
Noqonuniy missionerlik – tinchlik va barqarorlikka tahdid

2017 yil 19 yanvarida Samarqand shahrining navbatchilik xizmatiga e'tiborli fuqarolar qo‘ng‘iroq qilib, Dahbet ko‘chasidagi xususiy hovlilardan birida to‘plangan shubhali shaxslar haqida xabar qilishgan. Fuqarolar ma'lumotiga zudlik bilan chora ko‘rgan huquq-tartibot idorasining bir guruh xodimlari vaziyatni aniqlash bo‘yicha aytilgan manzilga yo‘l olishgan. Aniqlanishicha, aytilgan manzil bo‘yicha noqonuniy, yashirin diniy tashkilot hisoblanuvchi «Iyegova shohidlari» a'zolari – adeptlarning  ruxsat berilmagan diniy yig‘ilishi tashkil etilgan. 

Huquq idoralari xodimlari, Samarqand shahar Dahbet ko‘chasi 21 uyda yashovchi fuqaro Qosimova Roziya Azimovna, o‘zi istiqomat qiladigan uyda Samarqand viloyati adliya idoralarida ro‘yxatga olinmagan «Iyegova shohidlari» diniy tashkilotiga a'zo bo‘lgan adeptlarning noqonuniy yig‘ilishini uyushtirganini aniqlashgan. Surishtiruv chog‘ida Samarqand shahri va unga yaqin hududlarda yashovchi 9 kishi yig‘inda qatnashgani ma'lum bo‘lgan. 

Yig‘ilish o‘tkazilayotgan uy ko‘zdan kechirilganda diniy mazmundagi adabiyotlar aniqlangan va protsessual tartibda «Injil», «Muqaddas kitob», «Rassujdeniye s pomoshchyu pisaniy», «Organizovannyy chtoby ispolnyat volyu Iyegovi», «Poznaniye vedushcheye k vechnoy jizni», «Rukovodstvo dlya shkoly teokraticheskogo slujyeniya», «Farzandlaringizga ta'lim bering», «Muqaddas kitob ta'limotlari», «Duxi myortvyx» jurnali, Islom diniga bog‘liq bo‘lmagan diniy mazmundagi varaqalar, 2 dona planshet ashyoviy dalillar sifatida musodara qilingan. 

Atrofdagi kishilarning so‘zlariga ko‘ra, Roziya Qosimova uzoq vaqt mobaynida Samarqand shahrining musulmon aholisi orasida ushbu tashkilotga kiritish bo‘yicha tashviqot ishlarini olib borgan hamda «Iyegova shohidlari» tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi adabiyotlarni tarqatgan.

Qayd etish joizki, Roziya Qosimova 2007 yilda ham shu kabi faoliyati uchun ma'muriy jazoga tortilgan. Ayni vaqtda, noqonuniy diniy yig‘ilish tashkilotchisi va uning faol a'zolarini Ma'muriy-protsessual kodeksning 241-moddasi («Diniy bilimlarni ta'lim berish tartibini buzish») va 184-moddasi 2-bandi (Diniy mazmundagi materiallarni noqonuniy tayyorlash, saqlash, olib kirish va tarqatish).

Ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi dunyoviy, ko‘pmillatli, dinlararo bag‘rikeng davlat hisoblanadi. Bu yerda ko‘p asrlardan buyon dini, e'tiqodi, ishonchidan qat'inazar turli millat va elat vakillari tinch-totuv istiqomat qilib kelmoqda. Biroq, hozirgi davr talablari diniy faoliyatning ruxsat berilmagan, noqonuniy va ro‘yxatdan o‘tmagan ko‘rinishlaridan himoyalanishni taqozo etadi.  

Shunga ko‘ra, respublikamiz miqyosida farzandlarimizni savobli ish deya aldayotgan jinoiy guruhlar, yig‘inlar faoliyatiga doimiy ravishda barham berish talab etiladi. Hech kim bunday g‘alamislarning yashirin yig‘ini, to‘planishlari va majlislariga ruxsat bergani yo‘q. 

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, birinchi navbatda Konstitutsiyasi hamda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonuni diniy ta'limotlarni majburlab singdirish yoki targ‘ib qilishni taqiqlaydi. Shunday ekan, har qanday missionerlarning bundan keyingi qilmishlari ham ayovsiz to‘siladi. Bu esa, mamlakatda dinlararo tinchlik va totuvlik hamda adolatni kafolatlaydi

Manbalar asosida tayorlandi:

Karmana tumani “Jaloyir” jome masjidi imom-xatibi                A.Hakimov

O'xshash maqolalar
(У зот) ҳеч бир ихтилофсиз барча пайғамбарларнинг имомидирлар ва барча (ёмон сифатлардан) холи бандаларнинг нуқсонсиз тожидирлар.Ўший раҳматуллоҳи ала...
Wednesday, September 27, 2023 11:24 AM
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Мен сизлар учун фақирликдан қўрқмайман, лекин такосур (яъни мо...
Friday, December 16, 2022 9:17 AM
Замонамиз бемазҳабларининг “муҳаддис”и саналадиган Носир Албоний таниқли олим Шамсиддин аз-Заҳабий раҳимаҳуллоҳнинг “Китоб ал-Улвв” асарини қисқартири...
Friday, September 23, 2022 9:53 AM
Бу илмнинг мақсади диний ақидаларни қатъий далиллар ила исботлаш ва ундаги шубҳаларни рад қилишдир. Эътиқод қилиши лозим бўлган ишларда мусулмонни тақ...
Wednesday, August 17, 2022 7:31 AM
Bugun Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan, bundan taqriban 28 yil oldin marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalami...
Monday, August 15, 2022 5:53 AM
Hozirgi kunda muqaddas islom nomidan har xil oqimlarning o‘zlarini jozibador ismlar bilan nomlab olib, go‘yoki to‘g‘ri yo‘lni da'vo qilib, g‘araz maqs...
Sunday, August 14, 2022 3:40 AM
Ma’lumki, Alloh taolo bandalarining hidoyati uchun insonlarning ichidan payg‘ambarlarni tanlab oldi. Ular orqali o‘zining hukumlarini odamlarga yetkaz...
Friday, July 29, 2022 6:12 AM
Qurbonlikning ta’rifiQurbonlik Alloh Taologa yaqinlik hosil kilish uchun so‘yiladigan jonliqdir. Qurbonlik bir nechta xil bo‘ladi: Qurbon xayiti kuila...
Friday, July 8, 2022 6:33 AM
Ibratli kitoblar
«Ҳадис ва Ҳаёт»
«Ҳадис ва Ҳаёт»
Файл ҳажми: 0.35 MB
Кўчириб олиш
sahifalar
sahifalar
Файл ҳажми: 0.13 MB
Кўчириб олиш
Фиқҳ
Фиқҳ
Файл ҳажми: 0.14 MB
Кўчириб олиш
Developed By Usoft