Muqaddas Islom dini Terrordan yiroq
Muqaddas Islom dini Terrordan yiroq

Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, airaportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogʻliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi. 

Bu narsaning eng achinarli jihati shundaki bu qabih tushunchani din bilan bog’lab talqin qilinishi va jamiyatimizdagi ayrim shaxslar o’zlari bilib, bilmagan holatda mana shunday tushunchalarga xizmat qilib qo’yayotgani naqadar achinarli holat shunday emasmi? 
Bu masalalarga bitta masalani vaj qilib ko’rsatsak mumkin bo’ladi. musulmon kishi o’z dinini tinchlikparvar, salomatlik dini ekanligini, bu dinda haqiqiy insonparvarlik g’oyalari yotishligini bilmasligi, shu bilan bir qatorda islom arkonlarini tushunib yetmasligi natijasida mana shunday xato davolarga qo’shilib qolayotganligi misollari bilan guvohi bo’ldik bo’layabmiz barchamiz! 

Barcha dinlar ichida ilk bor ilmning inson hayotidagi o‘rniga ahamiyat bergan va ilmga keng yo‘l ochgan din – Islom dinidir.

Islom – ilm dinidir. Insoniyatga qiyomatgacha dasturul amal bo‘lgan Qur’on Karimning ilk oyatlari ham bunga yaqqol dalil bo‘ladi.
Jamiatimizda muborak dinimizni asl mazmun mohiyatini keng yoyishimiz lozim bo’ladi. Zero biz ota bobolari dunyoga islom ma’rifati bilan tanilgan yurt farzandlarimiz. 
Qachonki, inson haqiqiy islomiy ilmlarni anglashni boshlasa va ko‘plab uydirmalarni tark etsa, shundagina  zamonamizdagi ba'zi din nomidan gapirayotgan shaxslarga nisbatan ishlatilayotgan “buyuk olim” “shayx” degan tushunchani aslida ularga nisbatan ishlatish noto‘g‘ri ekanligini tushunadi. Shuningdek, ushbu qo’shtirnoq ichidagi  “buyuk olim” soxta “shayx”larga ergashishni ko‘zlab, o‘tmishdagi haqiqatdan ham buyuk bo‘lgan olimlarning meroslaridan yuz o‘girish aqlsizlik ekanligini anglab yetadi. 

Buni qanday shior ostida amalga oshirilishidan qat'iy nazar, u “Islom harakati”, “Jihod” “Shahidlik” yoki boshqa shunga o‘xshash nomlar bilan bo‘ladimi — Islomiy merosga bo‘lgan bunday bepisand munosabatni hech narsa oqlay olmaydi. Bunday johilona tasavvurlardan qancha tez qutulsak, dinimiz va islomiy fanlarimizga shuncha yaxshi bo‘ladi.

 

Karmana tumani ”Jaloyir” jome masjidi imom-xatibi         A.Hakimov

O'xshash maqolalar
(У зот) ҳеч бир ихтилофсиз барча пайғамбарларнинг имомидирлар ва барча (ёмон сифатлардан) холи бандаларнинг нуқсонсиз тожидирлар.Ўший раҳматуллоҳи ала...
Wednesday, September 27, 2023 11:24 AM
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Мен сизлар учун фақирликдан қўрқмайман, лекин такосур (яъни мо...
Friday, December 16, 2022 9:17 AM
Замонамиз бемазҳабларининг “муҳаддис”и саналадиган Носир Албоний таниқли олим Шамсиддин аз-Заҳабий раҳимаҳуллоҳнинг “Китоб ал-Улвв” асарини қисқартири...
Friday, September 23, 2022 9:53 AM
Бу илмнинг мақсади диний ақидаларни қатъий далиллар ила исботлаш ва ундаги шубҳаларни рад қилишдир. Эътиқод қилиши лозим бўлган ишларда мусулмонни тақ...
Wednesday, August 17, 2022 7:31 AM
Bugun Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan, bundan taqriban 28 yil oldin marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalami...
Monday, August 15, 2022 5:53 AM
Hozirgi kunda muqaddas islom nomidan har xil oqimlarning o‘zlarini jozibador ismlar bilan nomlab olib, go‘yoki to‘g‘ri yo‘lni da'vo qilib, g‘araz maqs...
Sunday, August 14, 2022 3:40 AM
Ma’lumki, Alloh taolo bandalarining hidoyati uchun insonlarning ichidan payg‘ambarlarni tanlab oldi. Ular orqali o‘zining hukumlarini odamlarga yetkaz...
Friday, July 29, 2022 6:12 AM
Qurbonlikning ta’rifiQurbonlik Alloh Taologa yaqinlik hosil kilish uchun so‘yiladigan jonliqdir. Qurbonlik bir nechta xil bo‘ladi: Qurbon xayiti kuila...
Friday, July 8, 2022 6:33 AM
Ibratli kitoblar
«Ҳадис ва Ҳаёт»
«Ҳадис ва Ҳаёт»
Файл ҳажми: 0.35 MB
Кўчириб олиш
sahifalar
sahifalar
Файл ҳажми: 0.13 MB
Кўчириб олиш
Фиқҳ
Фиқҳ
Файл ҳажми: 0.14 MB
Кўчириб олиш
Developed By Usoft