Islomda Do’st tushunchasi
Islomda Do’st tushunchasi

Haqiqiy do‘stlik taqvodorlar o‘rtasidagi do‘stlik ekani quyidagicha ifodalangan. Alloh taolo shunday degan: “U kunda do‘stlar bir-birlariga dushmandirlar. Magar (Alloh yo‘lida do‘stlashgan) taqvodorlargina (mangu do‘stdirlar)” (Zuxruf, 67).

Bu oyatda dunyodagi biron manfaat ustiga qurilgan do‘stlik qiyomat kuni dushmanlikka aylanishi, Alloh yo‘lidagi do‘stlik esa abadiy ekani ma’lum qilinmoqda. Sababi Alloh doimiy, o‘lmaydigan Zot. Manfaatlar esa bir kun tugaydi yoki do‘stlar manfaati to‘qnash kelib qolishi mumkin. Bunday holatda ushbu o‘tkinchi dunyoning o‘zida ular dushmanga aylanadilar.

Bu dunyodagi soxta do‘stlar oxiratda bir-birlariga dushman bo‘lishlariga sabab, ular doim yomonlik, fisqu fujur va gunohu ma’siyat ishlarda jamlanadilar. Ularning “do‘stik”larini faqat ma’siyat bog‘lab turadi. Qiyomatda esa parda ko‘tarilgach, haqiqat oshkor bo‘ladi va ular bir-birlarini ayblab, bir-birlaridan tonib, biri ikkinchisini haqoratlab la’nat ayta boshlaydi. Bunda hamma o‘zini oqlab, “meni yo‘ldan urgan u”, “agar u bo‘lmaganida gunoh ishlarni qilmasdim”, deb nadomat chekadi. Ammo vaqt o‘tgach, bu pushaymonlar foyda bermaydi.

Sa’d ibn Muoz roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Agar qiyomat qoim bo‘lsa, qarindoshlik rishtalari uziladi, nasablar zaiflashadi, do‘stlik rishtalari uziladi. Magar Alloh yo‘lidagi do‘stlik (qoladi)” (Ibn Mardavayh rivoyati).

Taqvodor zotlar o‘rtasidagi do‘stlik haqiqiydir. Sababi ular yaxshi ishlar uchun to‘planadilar va Alloh yo‘lida bir-birlarini yaxshi ko‘radilar, ortlaridan yomon gap aytmaydilar, hatto birodarlari haqida yomon gumonga bormaydilar. Sababi ular Alloh qalblaridagi narsani bilib turishini anglab yetganlar. Taqvodorlar do‘stligi dunyo va oxiratda abadiy davom etadi. Ular dunyoda yaxshi ishlarda hamkorlik qilib, qiyomat kuni birga jannatga kiradilar.

O'xshash maqolalar
Islom dini kelgan yurtining milliy urf-odatlarini, agar ular shariatga zid boʻlmasa, rad etmagan. Aksincha, xalqlarning yaxshi an’analarini hurmat qil...
Wednesday, November 4, 2026 11:05 AM
Bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda diniy ma’lumotlarni topish juda osonlashdi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda har qanday jozibador gapirad...
Tuesday, October 27, 2026 10:09 AM
XALIFALIK HAQIDAGI SOXTA DAVO Islom dini nozil boʻlgan ilk kunidanoq insoniyatni tinchlikka, adolatga, oʻzaro hurmat va bagʻrikenglikka chorlab k...
Tuesday, September 29, 2026 10:43 AM
Bugungi kunda tinch aholi, begunoh insonlar joniga tajovuz qilish hamda oʻzini portlatish singari jinoyatlarni “shahidlik” niqobi ostida oqlashga urin...
Wednesday, September 23, 2026 9:43 AM
Aqidaparast va g‘uluvga ketgan oqimlarning eng asosiy xatolaridan biri — Tavhid tushunchasini toraytirish, sun’iy bo‘limlarga ajratib, musulmonlarni k...
Wednesday, September 16, 2026 3:17 PM
Fiqhiy mazhablarga ergashishning zarurati va “bevosita Qur’on va Sunnatdan hukm olamiz” degan qarashning ilmiy asossizligiMuqaddimaBugungi kunda islom...
Sunday, September 13, 2026 6:35 PM
Биз тез-тез дуч келадиган «жиҳод» сўзи аслида нимани англатади? Афсусни, ижтимоий тармоқларда ва айрим радикал гуруҳлар талқинида бу тушунча фақат «ур...
Tuesday, August 18, 2026 11:46 AM
Ҳаёт – инсонга берилган энг улуғ неъмат ва Аллоҳнинг бебаҳо омонатидир. Муқаддас динимиз таълимотида инсон шаъни, соғлиғи ва жони юксак қадр...
Tuesday, August 18, 2026 11:05 AM
Ibratli kitoblar
«Ҳадис ва Ҳаёт»
«Ҳадис ва Ҳаёт»
Файл ҳажми: 0.35 MB
Кўчириб олиш
sahifalar
sahifalar
Файл ҳажми: 0.13 MB
Кўчириб олиш
Фиқҳ
Фиқҳ
Файл ҳажми: 0.14 MB
Кўчириб олиш
Developed By Usoft