Gʻazablangan holda hukm chiqarishdan saqlaning.

Gʻazablangan holda hukm chiqarishdan saqlaning.

عن أبي بكرة رضي اللّه عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: «لا يقضين حكم بين إثنين و هو غضبان».
Abu Bakra (r.a)dan rivoyat qilinadi, u kishi aytadilar: Rasululloh (s.a.v) shunday deyotganlarini eshitdim: "Hakam ikki kishi oʻrtasida gʻazablangan holda hukm chiqarmasin!"

Bu hadisning roviysi Abu Bakra (r.a)ning oʻgʻillari Abdulloh Sijistonda qozi boʻlganlar. Otasi unga maktub yoʻllagan. Maktubida ikki kishi oʻrtasida gʻazablangan holda hukm chiqarishdan qaytarib ushbu hadisni dalil sifatida yozib yuborganlar.

Hadisdan olinadigan foydalar:

Gʻazab huddi ochlik va chanqoqlik kabi insonning aqlini toʻsadi. Va natijada hakam toʻgʻri qaror qabul qila olmaydi. Nafaqat boshqalar oʻrtasida balki oʻzining ishlari borasida ham gʻazablangan holda qaror qabul qilishi notoʻgʻri boʻladi.
Shuning uchun azizlar gʻazablangan holda hukum chiqarishdan, qaror qabul qilishdan saqlanaylik!

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti bitiruvchisi Yo‘lchizoda Shamsiddin
 

ЎХШАШ МАЪЛУМОТЛАР

Boshliqqa itoat  
Boshliqqa itoat  
Фақирлик сабаблари
Фақирлик сабаблари
«Билмайман» дейиш илмнинг ярмидир
«Билмайман» дейиш илмнинг ярмидир