FITNA payti nima qilish kerak ?!

FITNA payti nima qilish kerak ?!

 

Ma'lumki, fitna har-qanday jamiyat, davlat va millatni holdan toyirib, kuch-quvvatidan ayiradi va taralib turgan hushbo'y hidini ketkazib, mag'luboyat sari etaklaydi.
 Keling, bu mavzuni bir hadis doirasida ko'rib chiqaylik.
عن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه و سلم: "ستكون فتن القاعد فيها خير من القائم، والقائم فيها خير من الماشي، والماشي فبها خير من الساعي، من تشرف لها تستشرفه، ومن وجد فيها ملجأ أو معاذا فليعذْ به". رواه البخاري

Abu Hurayra roziyallohu  anhudan rivoyat qilinadi, u kishi aytadilarki: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam (shunday) dedilar: "yaqinda fitnalar bo'ladi, u payt o'tirgan turgandan yaxshidir, u payt turgan yurgandan yaxshidir, u paut yurgan yugurgandan yaxshidir, kim unga kirishsa halokat yoqasiga keladi, kim u payt panohgoh yoki saqlanadigan joy topsa u bilan saqlansin".  Buxoriy rivoyati.
  Fitna bu- ahli islom o'rtasida kelishmovchilik sabablik yuzaga keladigan ixtilof bo'lib, bunda Aliy va Muoviya roziallohu anhumolardan bosha kim haq uzra ekanligini bilib bo'lmaydi.
 Hadisdagi "unda o'tirgan"-ya'ni fitnalar paytida o'tirgan turgandan yaxshi lafzi ishora qiladiki, fitnaning yomonligi, unga aloqadorliyligi miqdoricha bo'ladi. Ismailiy ziyoda qilib aytadilarki; "unda uhlab yotgan uyg'oqdan yaxshi, unda uyg'oq o'tirgandan yaxshi". "U payt o'tirgan turgandan yaxshidir"ning ma'nosi-halokatga yaqin bormasligidur. Dovudiy aytadilarki, bu erda iroda qilinayotgan narsa-fitna payti o'tirgan holatda bo'lishdur. Ibnut Tiyn u kishidan rivoyat qilib aytadilarki, bu erda ma'lum bo'lib turgan ma'no shuki-fitnaning har-bir holatida qatnashuvchilar maqsad qilingan, ya'niy bazilar-ba'zilaridan ko'proq qatnashadi, fitna payti "yugiruvchi" uni qo'zg'alishiga sababchi bo'ladi, so'ngra kim uning vositalarini qoim qisa, u-"yuruvchi"dur, so'ngra kim unda ishtirok etsa, u-"turvchi"dur, so'ngar urushmay nazoratda bo'lga-u, urushmagan kishi- u "o'tirgan" kishidur, so'ngra kim uni yaxshi sanagan-u, unda ishtirok ham qilmagan, nazoratda ham bo'lmagan bo'lsa u "uyg'oq yotgan" kishidur. ("Umdatul Qoriy sharhu sahiyhil Buxoriy" kitobidan)
 Demak hulosa qilib aytish mumkinki bugungi kunda goh-gohida "qo'zg'ab turilgan" fitnalardan eng omonda bo'gan kishi, unga aralashmagan, hattoki e'tibor ham bermagan kishidir.

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti bitiruvchisi Ne‘matulloh Rahimov

ЎХШАШ МАЪЛУМОТЛАР

МАВЛАВИЙ ҲИНДИСТОНИЙ ДОМЛАНИНГ БОШДАН КЕЧИРГАНЛАРИ
МАВЛАВИЙ ҲИНДИСТОНИЙ ДОМЛАНИНГ БОШДАН КЕЧИРГАНЛАРИ
Ота онани эьзозлаш кексаларни эьзозлашнинг бошидир.
Ота онани эьзозлаш кексаларни эьзозлашнинг бошидир.
Мусулмон киши қандай қилиб қишда касалликлардан ҳимояланиши мумкин?
Мусулмон киши қандай қилиб қишда касалликлардан ҳимояланиши мумкин?