Eng ulug’ duo

Eng ulug’ duo

عن أبي هريرة رضي الله عنه   قال : إن رسول الله صلي الله       عليه و سلم قال: لكل نبي دعوة  مستجابة يدعو بها و أريد أن     أختبئ دعوتي شفاعة لأمتي في   
الأخرة.  

      Abu Hurayra roziyallhu anhudan rivoyat qilingan hadisda : Rosululloh sollallohu alyhi va sallam shunday dedilar: “Har bir Nabiyning bitta-yu bitta duosi bo’ladi. Agar Nabiy shu duoni qiladigan bo’lsa, shak-shubhasiz ijobat bo’ladi. Men shu duoimni oxiratga, ummatimning shafoati uchun saqlab qo’yishni hohladim”.
 
    Ushbu hadisni o’qigan har qanday insonning ko’nglidan: “Rasulimiz sollalohu alayhi vasallam qanday ham mehribon-a?! Alloh taolo ijobat qilishga va’da bergan bitta-yu bitta duolarini ham, bizlarning shafoatimiz uchun olib qo’yibdilar”, degan o’y o’tsa ajablanmaymiz. Bu dunyoda ummatim baxtli-saodatli hayot kechirsin deb qanchadan-qancha qiyinchilik va zahmatlarni boshidan kechirib, yana gunohkor ummatining oxiratini ham o’ylagan Rasul  haqida boshqa nimani ham o’ylash mumkin.                
     Savol  tug’lishi mumkin: “Nabiy alayhimussalomlarning ijobat bo’lgan duolari ko’pku, nega hadisda bitta duo aytilgan?”, deyilsa, boshqa duolarning ijobat bo’lishi umid qilingan, hadisdagi duoning esa ijobati aniqdir.
    Shunday imkoniyatni ummatining najoti uchun bag’ishlagan Rasulimizga Allohning salovati va salomlari bo’lsin. Omin!

  Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom inistituti talabasi Ahmadaliyev Sirojiddin.

ЎХШАШ МАЪЛУМОТЛАР

Рамазон – ойлар сардори
Рамазон – ойлар сардори
Аллоҳнинг раҳматидан узоқлашиш
Аллоҳнинг раҳматидан узоқлашиш
Ўзбекистон мусулмонларига мурожаат (Энди хато қилишга ҳаққимиз йўқ!)
Ўзбекистон мусулмонларига мурожаат (Энди хато қилишга ҳаққимиз йўқ!)