Birovni chaqirishdagi odob

Birovni chaqirishdagi odob

عن جابر ابن  عبد الله رضي اله عنهما قال اتيت النبي صلي الله عليه  و سلم في دين كان علي ابي فدققت الباب فقال من ذا قلت انا فقال انا انا كانه كرهها

Jobir ibn Abdulloh roziyallhu anhumadan rivoyat qilinadi. Otamning qarzi sababli nabiy sollallohu alayhi va sallamning yonlariga bordim. Eshikni taqillatdim. Rasululloh kim dedilar. Men esa menman deb javob berdim. Rasululloh men men dedilarda. Goʻyoki bu ishimni yomon koʻrdilar.  

Demak bu  hadisdan bilinadiki. Birorta odam  begona odam u yoqda tursin oʻz doʻstini yoki tanishini  eshigini taqillatsa, ichkaridan kim degan savolga menman deya javob berishi bu odobsizlik belgisi ekan. Chunki bu  "men" deyishi oʻzini katta olish, takabburlanish belgisidan. U odam men falonchiman deb ismini aytishi lozim. Bundan tashqari eshikni orasida biroz toʻxtab toʻxtab  uch  marotaba taqillatishi agar ichkaridan biror javob kelmasa boshqa vaqtda kelishi kerak.
Oldingi ota - bobolarimizning uylarida ikkita halqa boʻlgan biri kichik halqa, ikkinchisi esa kattaroq halqa boʻlgan. Nega aynan ikkita halqa boʻlgan buning sababi agar biror ayol kelsa kichik halqani taqillatgan, ichkaridagi odam tovushning sal pastroqligidan tashqaridagi odamning ayol kishiligini bilgan va ichkaridan ham  ayol kishi chiqqan. Agar katta halqa taqillatilsa undan balandroq tovush chiqqan shunda tashqariga erkak kishi chiqqan. Qarang, qanday zukkolik!


Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti 4- kurs talabasi Sobirjonov Oybek.

ЎХШАШ МАЪЛУМОТЛАР

Ақийда дарслари (2-дарс). Илми каломнинг юзага келиши ва ривожланиши
Ақийда дарслари (2-дарс). Илми каломнинг юзага келиши ва ривожланиши
ФАРЗДАН КЕЙИНГИ ЭНГ АФЗАЛ АМАЛ
ФАРЗДАН КЕЙИНГИ ЭНГ АФЗАЛ АМАЛ
Birovni chaqirishdagi odob
Birovni chaqirishdagi odob