Atrofimizdagi insonlarning gunoh-maʼsiyatlariga sukut qilishning ayanchli oqibati

Atrofimizdagi insonlarning gunoh-maʼsiyatlariga sukut qilishning ayanchli oqibati

عن ابن عمر رضي اللَّه عنه قال: قال رسول اللّه صلى اللّه عليه وسلّم: إذا أنزل الله بقوم عذابا أصاب العذاب من كان فيهم ثم بعثوا على أعمالهم

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: "Alloh biror qavmga azob yuborsa, oʻsha qavmdan boʻlgan kishi tufayli azob yetadi. Soʻngra ular ham amallariga munosib holatda tiriltiriladi".

Sharh: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bizlarni "munkar-u maʼsiyatlarga, garchi oʻzimiz sodir etmayotgan boʻlsak-da, yon-atrofimizdagi kishilar tomonidan sodir etilayotgan boʻlsa ham, koʻrib, bilib turib jim turish"dan qaytarib, qattiq ogohlantirmoqdalar. Zero, agar qavmning birortasi gunoh ishlarni yashirin yoki oshkora tarzda sodir etayotgan boʻlsa-yu, qavm uni bu ishdan qaytarmasa, garchi qavmning qilgan barchasi solih, taqvodor kishilar boʻlishsa ham, gunoh ishlarni qilayotgan oʻsha odamning gunohi tufayli Alloh taolo dunyo hayotida butun qavmga balo yuborishini bayon qilmoqdalar. Oxiratda esa ularning hisob-kitobi turlicha boʻlib, har birlari oʼz amallariga yarasha mukofot yoki jazo oladi. 

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti bitiruvchisi Yoʻldoshbek Nuriddinov.

ЎХШАШ МАЪЛУМОТЛАР

Gʻazablangan holda hukm chiqarishdan saqlaning.
Gʻazablangan holda hukm chiqarishdan saqlaning.
Ширк - улкан гуноҳ
Ширк - улкан гуноҳ
МАВЛАВИЙ ҲИНДИСТОНИЙ ДОМЛАНИНГ БОШДАН КЕЧИРГАНЛАРИ
МАВЛАВИЙ ҲИНДИСТОНИЙ ДОМЛАНИНГ БОШДАН КЕЧИРГАНЛАРИ